Moskvada politsiya xodimi o‘zbekistonlikni otib o‘ldirdi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaAvtomobili politsii na odnoy iz ulis v Moskve
Avtomobili politsii na odnoy iz ulis v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva shahrida politsiya xodimi qochib ketishga uringan o‘zbekistonlikni otib o‘ldirdi.

TOShKENT, 7-iyun - Sputnik. Moskva shahrida politsiya xodimi qochib ketishga uringan o‘zbekistonlikni otib o‘ldirdi.

Rossiyaning Moskva bo‘yicha IIV BB matbuot xizmatining Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qilishicha, erkak O‘zbekistonda qidiruvga berilgan va mast holatda bo‘lgan.

“7 iyun kuni Davlat yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi (GIBDD) xodimlari yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun ichida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan  “Folsvagen” rusumli avtomobilni to‘xtatishgan. Erkakda mastlik alomatlari bo‘lgan. Shuningdek, uning shaxsini tasdiqlovchi biror hujjati bo‘lmagan. Shundan so‘ng u Koptevo IIB politsiya bo‘limiga olib kelingan”, - deya ma’lum qildi Sputnik᾽ka matbuot xizmati xodimi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘roq vaqtida o‘zbekistonlik derazadan qochib chiqib ketishga uringan.

“Politsiya xodimi uning ortidan quvib ketgan. Qoidabuzar qarshilik ko‘rsatib, politsiya xodimining qurolini egallab olishga uringan. Xodim RF qonunchiligida o‘rnatilgan tartib doirasida qurol qo‘llashga majbur bo‘lgan”, - deya qo‘shimcha qilishdi vazirlikda.

Erkak olgan jarohatlari tufayli vafot etgan. Hozirda uning shaxsi aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0