TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat brendi nafaqat qishloq xo‘jaligi, konlar va metallurglar, balki oddiy “juda chiroyli odamlar, ayniqsa ayollar” ekanligini aytdi.
Bundan avval Fransiyaning Ukraindagi elchi Izabel Dumo Zelenskiy Parijga tashrif buyurganini ma’lum qildi.
“Men aytmoqchimanki, doim dunyoda barcha odamlarda tushuncha bo‘lgan, ya’ni Ukraina - bu birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi, konlar, metallurglar. Turistlar esa har doim aytishgan, Ukrainada juda chiroyli, ovqatlari mazali va chiroyli insonlar, ayniqsa ayollar. Ha, bu hammasi bor, bu bizning brendimiz bo‘lib qolmoqda”, - dedi Zelenskiy Parijdagi dunyoda eng katta bo‘lgan startam-kampusiga tashrifi chog‘ida.
Zelenskiyning so‘zlashicha, Ukrainada IT-texnologiyalar va kompaniyalar juda tez rivojlanmoqda.
“Ukrainada 150 mingga yaqin IT mutaxassislar, startaperlar bor. O‘ylaymanki, bu yo‘nalishda rivojlanamiz”, - dedi Ukraina prezidenti.