Ukraina NATOga a’zo bo‘ladi, faqat referendumdan so‘ng - Zelenskiy

© Sputnik / Mixail Markiv / Mediabankka o‘tishNatsionalniy flag Ukraini i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO)
Natsionalniy flag Ukraini i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zelenskiy Ukraina faqat referendumdan so‘ng NATOga kirishini ma’lum qildi.

TOShKENT, 5-iyun – Sputnik. Ukraina albatta NATOga kiradi, faqat bu masala referendumda ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.

Generalniy sekretar NATO Yens Stoltenberg - Sputnik O‘zbekiston
NATO Rossiyani raqib sifatida yo‘q qilishga ahd qildi

“NATOga yo‘l – bu birinchi navbatda mamlakat xavfsizligi va armiyamiz darajasi. Biz ukrainaliklarga NATO nimaligini va uning qo‘rqinchli emasligini tushuntirishimiz kerak”, - dedi Ukraina prezidenti.

Zelenskiy Ukrainani alyansga kirish masalasi haqida umumxalq referendum o‘tkazilishi haqida bir necha marta aytgandi.

Bundan tashqari, prezident tomonidan taqdim etilgan harbiy doktrinada armiyani NATO tamoyil va standartlariga asosan boshqarish nazarda tutilgan.

Kuni kecha NATO rahbari Yens Stoltenberg Kiyevni bir qator islohotlarni amalga oshirishga e’tibor qaratishga chaqirdi.

Espertlarning fikriga ko‘ra, Ukraina yaqin 20-yil ichida NATO a’zoligiga da’vogarlik qilmasa bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0