Moskvada Navro‘z bayrami VDNX bog‘ida nishonlanadi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishMoskvada VDNX bog‘i darvozasi
Moskvada VDNX bog‘i darvozasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bayram tantanasida teatrlashtirilgan namoyish va ijodiy guruhlar chiqishlari bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Navro‘z baramiga bag‘ishlangan tantanali namoyishlar 20-mart kuni moskvaning VDNX bog‘ida, 75 pavilonda bo‘lib o‘tadi,  Sputnik Tojikiston xabariga ko‘ra.

Bayram dasturi konsert, xalq amaliy bezak san’ati namunalari ko‘rgazmasi, milliy liboslar namoyishi, milliy taomlar degustatsiyasi va sport bellashuvlaridan tashkil topgan. Undan tashqari xalq amaliy san’ati turlari bo‘yicha master klasslar va fotoko‘rgazma ham rejalashtirilgan.

Tadbirda O‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi ham o‘z ekspozitsiyasini namoyish etadi. Bayram mehmonlarini kostumlar va vokal tomoshalardan tashqari, milliy tomlar bilan siylashadi.

Pavilonda Navro‘z bayramini nishonlaydigan boshqa mamlakatlar stendlari ham bo‘ladi. Xusuan, mehmonlar Tojikiston ekspozitsiyasini ham tomosha qilishlari mumkin.

Tojikiston stendi Navro‘z bayramining qadimiy urf-odatlari bilan boyitilgan bo‘ladi. Mehmonlar tojik ustalarining mahsulotlari bilan tanishi mumkin. Tojik oshpazlar esa mehmonlarni sumalak, palov, somsa kabi odatiy Navro‘z taomlari bilan siylashadi.

Bayram Navro‘zga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan namoyishdan boshlanadi. Ushbu qadimiy bahor va yangilanish,, samimiylik va do‘stlik bayramida barcha qatnashishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0