Qidiruvdagi o‘zbekistonliklar pasportlari bekor qilinadi

© Sputnik / StringerUzbekskiy pasport
Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, bunday tajriba AQSh, Kanada, Germaniya, Fransiya, Norvegiya, Hindiston va boshqa ko‘plab davlatlarda ayblanuvchilarni suddan yashirinishini oldini olish maqsadida joriy etilgan.

TOShKENT, 14-iyun - Sputnik. Qidiruvdagi shaxs pasportining amal qilish muddati sud qarori bilan to‘xtatilishi mumkin, deb xabar qilindi "Yuksalish" umummilliy harakatining telegram kanalida.

Vizit vitse-prezidenta Mejdunarodnoy organizatsii ugolovnoy politsii-Interpol v MVD Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Interpol bilan hamkorlikni kuchaytiradi

O‘zbekiston Jinoyat-protsessual kodeksiga bu haqdagi o‘zgartish kiritishni deputatlar navbatdagi yalpi majlis davomida ko‘rib chiqib, birinchi o‘qishda ma’qullagan.

Deputatlarning fikricha, ushbu o‘zgartish ekstraditsiya qilishning imkoni bo‘lmagan qidiruvdagi shaxslarga nisbatan javobgarlikning muqarrarligi prinsipi ta’minlaydi, shuningdek ekstraditsiya qilish uchun Davlat budjetidan ketadigan xarajatlarni tejash imkonini beradi.

Qonunning qabul qilinishi Davlat budjetidan qo‘shimcha mablag‘ ham talab etilmaydi.

Ta’kidlanishicha, bunday tajriba AQSh, Kanada, Germaniya, Fransiya, Norvegiya, Hindiston va boshqa ko‘plab davlatlarda ayblanuvchilarni suddan yashirinishini oldini olish maqsadida joriy etilgan.

Yangiliklar lentasi
0