Tojikistondagi koloniyada isonga rahbarlik qilgan shaxslar ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Ivan Rudnev / Mediabankka o‘tishOxranniy perimetr ispravitelnoy kolonii
Oxranniy perimetr ispravitelnoy kolonii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanbe yaqinidagi qattiq tartibli koloniyada tartibsizliklar “Islom davlati” tashkilotiga a’zo bo‘lgan shaxslar tomonidan uyushtirildi.

TOShKENT, 20-may – Sputnik. Tojikiston Adliya vazirligi jinoiy jazolarni ijro etish bosh boshqarmasi Dushanbe yaqinida Vaxdat shahrida joylashgan qattiq tartibli koloniyada ison uyushtirgan shaxslarni ma’lum qildi.

Zaklyuchennie v kolonii - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston qamoqxonasidagi to‘qnashuvda 29 kishi halok bo‘ldi

Tartibsizliklar oqibatida 3 nafar quriqchi va 29 nafar mahbus o‘ldirildi. Koloniyada jami 1500 nafar mahbus saqlanmoqda.

“Tojikistonda taqiqlangan terrorchilik-ekstremistik tashkiloti “Islom davlati”* a’zolari Dushanbe yaqinidagi qattiq tartibli koloniyada tartibsizliklarni uyushtirganlar, Behruz Gulmurod (Xalimov), Faxriddin Gulov, Maxmadullo Sharipov, Ruxullo Xasanov bevosita rahbarlik qilgan”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishicha, Behruz Gulmurod – sobiq Tojikiston OMON qo‘mondoni Gulmurod Xalimovning o‘g‘li, u 2015-yilda terrorchilik tashkilotiga qo‘shilgan va Suriyada o‘ldirilgan. 2017-yilda unga 10-yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi berilgan.

Xalimov - BMT Xavfsizlik Kengashi sansiyalariga tushgan birinchi Tojikiston fuqarosi hisoblanadi. 2015-yilda u kutilmaganda g‘oyib bo‘lgan va shu yilning may oyida Suriyada paydo bo‘lib video murojaat orqali “Islom davlati” terrorchilik uyushmasiga a’zo bo‘lgani ma’lum qilgandi.

Bundan avval Xatlon viloyati sudi Gulmurod Xalimovning uch nafar yaqin qarindoshlariga hukm chiqargandi.

“Ali Xalimov, Gulmurod Xalimovning jiyani, akalari Komil va Nazir Xalimovlarga 7-yildan 18-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilgan”, - deb ma’lum qilishdi sudda.

O‘tgan yil sentabr oyida Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Suriyaning Deyr-ez-Zore shahrida avia hujum natijasida sobiq Tojikiston OMON qo‘mondoni Gulmurod Xalimov yo‘q qilingan.

*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0