TOShKENT, 13-iyun – Sputnik. “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Ikkinchi o‘qishda Qonun loyihasini moddama - modda ko‘rib chiqish jarayonida ayrim meyorlarni kuchaytirish, davlat boshqaruvi organlarining huquq va majburiyatlari, vakolatlarini yanada aniqlashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
“Loyihada to‘g‘ridan–to‘g‘ri ta’sir meyorlarini belgilash maqsadida, maxsus Ishchi guruh tarkibi shakllantirildi va qisqa muddatda qayta ishlab chiqilgan hujjat loyihasi ikkinchi o‘qishga qaytadan kiritiladi”, - deyiladi “O‘zatom” xabarida.
O‘zbekistonda “Rosatom” O‘zbekistonda qurayotgan birinchi AES 2028-yilda qurib bitkaziladi. Uning ikkita blokining umumiy quvvati - 2,4 gigavatt-soatni tashkil qiladi. Bir yilda ushbu elektr stansiya 17,4 milliarda kVt/soat energiya ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.