O‘zbekiston Fors ko‘rfazidagi provokatsiyani keskin qoraladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie MID Uzbekistana
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
TIV xalqaro hamjamiyatni dengizda kemalar qatnovi xavfsizligi va barqarorligiga putur yetkazadigan bunday harakatlarning oldini olish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishga chaqirgan.

TOShKENT, 14-may – Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 2019-yil 12-may kuni Fors ko‘rfazidagi Birlashgan Arab Amirliklarining hududiy suvlari yaqinida Fujayra Amirligidan sharq tomonda tijoriy va fuqarolik kemalariga nisbatan amalga oshirilgan provokatsiyani keskin qoraladi.

Amerikanskie bronetransporteri - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Eron bilan urush boshlashga tayyor

TIV bayonotida aytilishicha, bu kabi hodisalar kemalar bortidagi insonlar hayotiga jiddiy xavf yaratadi.

Vazirlik xalqaro hamjamiyatni dengizda kemalar qatnovi xavfsizligi va barqarorligiga putur yetkazadigan bunday harakatlarning oldini olish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishga chaqirgan.

“O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Birlashgan Arab Amirliklariga xavfsizlikni ta’minlash va o‘z milliy manfaatlarni himoya qilishda yakdillik izhor etadi”, - deyiladi TIV bayonotida.

Yangiliklar lentasi
0