RF Iqtisodiy rivojlantirish vaziri Maksim Oreshkin Rossiya ishsizlik darajasini pasaytirish va sifatli migratsiyani rag‘batlantirish bo‘yicha choralarni ko‘rishi lozimligini ma’lum qildi. Vazir iqtisodiy o‘sish darajasini mehnat bozoridagi o‘zgarishlar evaziga tezlashtirish lozimligini qayd etdi.
“Xorijiy migratsiyani rag‘batlantirish kerak emas, chunki u o‘zini qo‘llab-quvvatlamoqda. Unga asossiz kirishni taqiqlash kabi turli qonunlar bilan qo‘shimcha to‘siq qo‘yish kerak emas. Patent narxi ham asossiz oshirilgani tufayli mamlakatda so‘nggi yillarda noqonuniy migratsiya kuchaydi”, - dedi Chudinovskix Sputnik O‘zbekistonga bergan interyusida.
Uning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston va Tojikistondan ishchi kuchlari taklifi yetarlicha va Rossiya xorijliklarni qo‘shimcha ravishda jalb qilishi uchun hech qanday choralarni qo‘llashi shart emas. Biroq barcha ishchi kuch qonuniy bo‘lishiga harakat qilishi lozim.
“Barcha migrantlar qonunchilikka binoan mehnat qilishlari lozim. Qariyb besh million kishi Rossiyaga ishlash maqsadida keladi, lekin ularning yarmi ishlash uchun hujjat rasmiylashtiradi, qolganlari esa hujjat rasmiylashtirishni iqtisodiy maqsadga muvofiq emas deb hisoblaydi”, - deydi iqtisodchi.