Selfi terining erta qarishiga sabab bo‘ladi – olimlar

CC0 / pixabay / Molodaya para delayet selfi
Molodaya para delayet selfi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika kosmetika firmalaridan birining mutaxassislari selfi va terining erta qarishi o‘rtasida aloqa borligini aniqlashdi.

TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. Amerika  kosmetika firmalaridan birining mutaxassislari selfi va terining erta qarishi o‘rtasida aloqa borligini aniqlashdi. Bu haqda The Sun nashri ma’lum qildi.

Varenoe yayso - Sputnik O‘zbekiston
Tuxumning xavfli xususiyati ma’lum qilindi

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, selfi olayotgan vaqtda smartfondan taralayotgan “ko‘k” nurlanish terining qatlamiga chuqur tarqalishga qodir va bu inson terisiga yomon ta’sir o‘tkazmasdan qolmaydi. Ushbu nurlanish terini ingichkalashtirib, erta qarishiga olib keladi.

Mutaxassislar terining qarish jarayonini sekinlashtirish uchun smartfondan foydalanish vaqtini qisqartirish, shuningdek, S vitaminga ega bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilishni tavsiya qilishadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq eng foydali nonushtalar ro‘yxati e’lon qilingan edi. Ro‘yxatning birinchi o‘rinini suli bo‘tqasi egalladi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, suli tarkibida beta-glyukan moddasi juda ko‘p. Bu uzoq vaqt to‘yinganlik hissini ushlab turishga yordam beradi.

Yangiliklar lentasi
0