TOShKENT, 5-iyun - Sputnik. Amerikalik olimlar tuxumni tez-tez iste’mol qilish yurak-qon tomir tizimi kasalliklari rivojlanishi va erta o‘lim xavfini oshirishini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari MedicalXpress portalida e’lon qilingan.
Olimlar 31-yil davomida 30 ming kishi hayot tarzini kuzatishdi. Ma’lum bo‘lishicha, har kuni har qanday qo‘shimcha ravishda 300 milligramm xolesterin iste’mol qilish yurak-qon tomir tizimi kasalliklari rivojlanishini 17 foizga, erta o‘lim xavfini esa 18 foizga oshirar ekan. Qayd etish joizki, bir dona tuxum tarkibida taxminan 200 milligramm xolesterin moddasi mavjud.
Shu bilan birga, olimlar ushbu mahsulotdan butunlay voz kechish kerak emasligini ta’kidlashdi, chunki meyorida iste’mol qilingan tuxum organizm, xususan, ko‘z va suyaklar uchun foydali hisoblanadi.
“Odamlarga uch dona tuxumdan tayyorlangan kundalik quymoqdan voz kechishlarini tavsiya qilaman. Ovqatlanishda meyor va muvozanat muhimdir”, - deydi tadqiqotchi Ketrin Tuker.
"Shirin og‘u": olimlar shakarning yangi xavfli xususiyatini aniqladilar
U haftasiga bir necha dona tuxum iste’mol qilish sog‘liq uchun foydadan xoli emasligini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq jazirama havoda eng yaxshi ichimlik bu ikki marta suv bilan aralashtirilgan olma sharbati ekanligi xabar qilingan edi.