IIV O‘zbekiston yoshlarini volontorlar safiga da’vat qildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDevushka-politseyskiy
Devushka-politseyskiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIV vakili Abdurashid Alisherovning aytishicha, volontorlar safiga oliygohlarda tahsil oladigan xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirgan, muomala madaniyati yuqori bo‘lgan yoshlar qo‘shilishi mumkin

TOShKENT, 11-iyun - Sputnik. O‘zbekiston IIV Xavfsiz turizmni ta’minlash sohasiga mamlakatdagi yosh yigit-qizlarni jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston IIV Xavfsiz turizmni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Abdurashid Alisherov ma’lum kildi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Znamenitaya yaponskaya aktrisa Mayeda Atsuko naznachena pochetnim poslom turisticheskogo brenda Uzbekistana v Yaponii.  - Sputnik O‘zbekiston
Taniqli yapon aktrisasi O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi

 

"O‘tgan yili yurtimizga to‘rt million olti yuz mingdan ko‘proq turistlar tashrif buyurishgan bo‘lsa, bu yilning olti oyi davomida o‘tgan yilgi ko‘rsatkichning 30 foizidan ko‘proq turistlar kelgan. Sayyohlar soni oshib borayapti. Demak, xodimlar sonini nisbatan oshirishimiz kerak. Shu bois bizga oliygohlarda tahsil oladigan yosh yigit-qizlarni xavfsiz turizmni ta’minlash sohasiga jalb qilish huquqi berildi", - dedi Alisherov.

IIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi oliygohlarning 2-, 3-, 4-kursda tahsil olayotgan yigit-qizlar ta’til davri (yoz)da turistik mavsum qizg‘in pallaga kirgan bir davrda jamoatchilik asosida turizm-politsiyachilari safiga qabul qilinadi.

Yoshlardan faqat chet tillarni bilish va muomala madaniyati yuqori bo‘lishlik talab etiladi.

Yangiliklar lentasi
0