Turizm

Taniqli yapon aktrisasi Oʻzbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi

© Press-slujba Goskomturizma Respubliki UzbekistanZnamenitaya yaponskaya aktrisa Mayeda Atsuko naznachena pochetnыm poslom turisticheskogo brenda Uzbekistana v Yaponii.
Znamenitaya yaponskaya aktrisa Mayeda Atsuko naznachena pochetnыm poslom turisticheskogo brenda Uzbekistana v Yaponii.  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Maeda Atsuko — taniqli yapon aktrisasi va xonandasi. 2005-2012 yillarda «AKB48» guruh tarkibida faoliyat olib borgan.

TOSHKENT, 23 apr — Sputnik. Taniqli yapon aktrisasi Maeda Atsuko (前田敦子) Oʻzbekistonning Yaponiyadagi faxriy turizm elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi xabar qildi.

Aktrisaga «Oʻzbekiston turizm elchisi» sertifikatini topshirish marosimi 23 aprel kuni Tokioda boʻlib oʻtdi.

Modelyer Ritu Beri stala poslom turizma Uzbekistana v Indii - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Mashhur hind dizayneri Oʻzbekistonning Hindistondagi turizm elchisi etib tayinlandi

“Yaponiyalik yetakchi OAV mazkur voqeani keng yoritishmoqda. Bu esa oʻz navbatida yaponiyalik potentsial sayyohlar uchun Oʻzbekiston brendini turistik yoʻnalishlardan biri sifatida tanitishga xizmat qiladi”, - deyiladi xabarda.

Maeda Atsuko — taniqli yapon aktrisasi va xonandasi. 2005-2012 yillarda «AKB48» guruh tarkibida faoliyat olib borgan, hozirgi vaqtda yakkaxon tarzda ijod qiladi. Maeda ilk bora kinoda 2007 yil rejisyor Ichikavi Junning «Oʻzlikni topish» filmida suratga tushadi. U 2001 yilda suratga olingan «Mislsiz jannat» serialidagi Asiya Midzuki roli orqali mashhurlikka erishdi.

Yuriy Stoyanov Oʻzbekistonning Rossiyadagi turistik brendi elchisi etib tayinlandi

Eslatib oʻtamiz, taniqli hind dizayneri, shaxsiy brend asoschisi Ritu Beri Oʻzbekistonning Hindistondagi madaniyat turizmi elchisi etib tayinlangan edi. Shuningdek, Rossiya xalq artisti, aktyor, rejissyor Yuriy Stoyanov Oʻzbekistonning Rossiyadagi turistik brendi elchisi etib tayinlangan.

Yangiliklar lentasi
0