Mirziyoyev Tokayevni ishonchli g‘alaba bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev otkrili god Kazaxstana v Uzbekistane
Shavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev otkrili god Kazaxstana v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezidentlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini izchil rivojlantirish va mustahkamlash ustuvor ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ta’kidladilar.

TOShKENT, 10-iyun – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-iyun kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbari Qasim-Jomart Tokayevni kecha bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston prezidenti saylovida ishonchli g‘alabaga erishgani bilan samimiy tabrikladi.

Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Exit poll: Tokayev 70%dan ortiq ovoz to‘playdi

“Saylov natijalari Qozog‘iston xalqi Qasim-Jomart Toqayevni keng qo‘llab-quvvatlashi va unga ulkan ishonch bildirishini, uning mamlakat barqaror taraqqiyotiga va xalqaro nufuzini oshirishga hissasini yuksak baholashini yana bir bor namoyish etgani, amalga oshirilayotgan siyosat va eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning izchil davom ettirilishiga qat’iy ishonchning ifodasi bo‘lgani alohida ta’kidlandi”, - deyilgan xabarda.

Qozog‘iston Prezidentining joriy yil aprel oyidagi O‘zbekistonga ilk davlat tashrifi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga o‘zaro intilishning tasdig‘i bo‘lib, ikki tomonlama hamkorlik rivojiga yangi sur’at bag‘ishlagani qayd etildi.

Suhbat chog‘ida Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Tokayev O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikka doir, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

Kelgusidagi, jumladan, ko‘p tomonlama tashkilotlar tadbirlari doirasidagi oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham ko‘rib chiqildi. 

Prezidentlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini izchil rivojlantirish va mustahkamlash ustuvor ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ta’kidladilar.

Yangiliklar lentasi
0