TOShKENT, 10-iyun - Sputnik. Dastlabki hisob-kitobga ko‘ra Qozog‘iston prezidenti saylovida Tokayev g‘olib chiqqan. Bu haqida “Jamoat fikri” instituti o‘z so‘roviga asosan xabar qilmoqda Sputnik Kazaxstan.
“Nomzod Tokayev 70,13 % ovoz jamladi”, - dedi ushbu institut kengashi direktori Aynur Majitova jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan brifingda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu prezident saylovi mustaqil Qozog‘iston tarixida ilk bor Nursultan Nazarbayev ishtirokisiz o‘tmoqda. Qozog‘iston birinchi prezidenti 2019-yilning 20-mart kuni prezidentlik vakolatidan voz kechib, vaqtinchalik davlat rahbari sifatida o‘z partiyadoshi Tokayevni taklif qilgan edi.
Shundan so‘ng mamlkatda navbatdan tashqari prezident saylovi o‘tkazish taklif qilingan edi. Ushbu prezident saylovlarida 7 nafar nomzodlar ishtirok etdi. Potensial saylovchilar soni 12 milliondan ortiq bo‘lgan. Shundan 70 %dan ortig‘i saylovda ishtirok etgan.
Qozog‘iston qonunchiligiga ko‘ra, prezident etiy saylanish uchun nomzod saylovda 50%dan ortiq ovoz to‘plashi kerak. Aks holda eng ko‘p ovoz jamlagan nomzodlar orasida saylovning ikkinchi turi o‘tkaziladi.