Olimlar organizm nima sababdan qarishga qarshi kurashni to‘xtatishini aniqlashdi

Obuna bo‘lish
Olimlar turli yoshdagi odamlarda qarishga qarshi mas’ul bo‘lgan gen to‘qimalari namunalarini o‘rganib chiqib, o‘z xulosalarni bayon qilishdi.

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Mayami universiteti olimlari (AQSh) insonning uzoq umr ko‘rishiga ta’sir ko‘rsatadigan genetik dasturlar o‘rta yoshdan uzoq ishlamasligini aniqlashdi, deya yozadi EurekAlert!

Molodie lyudi tansuyut na ulitse - Sputnik O‘zbekiston
Yosh bo‘lish siri: olimlar qanday odamlar sekin qarishini aniqladilar

Mutaxassislar turli yoshdagi odamlarda qarishga qarshi mas’ul bo‘lgan gen to‘qimalari namunalarini o‘rganib chiqib, 50-60 yoshga kelib insonning qarishga qarshi tizimlari o‘z faoliyatini to‘xtatishlarini aniqlashdi.

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, bu “sut emizuvchilar rampitsin nishoni” deb ataluvchi oqsil muammosiga bog‘liqdir. U hujayralar o‘sishi va bo‘linishiga, shuningdek, boshqa muhim hujayra jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi.  

Olimlarning ma’lum qilishicha, odamlarda qarish dasturlarini tartibga solish boshqa jonzotlarga qaraganda yuqoriroq.

Evolyutsiya jarayonida inson organizmi uzoq umr ko‘rishni o‘rgandi. Endi odamlar tabiat tomonidan in’om etilgandan ko‘ra ko‘proq umr ko‘rishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0