Yosh bo‘lish siri: olimlar qanday odamlar sekin qarishini aniqladilar

Obuna bo‘lish
Olimlar yoshi 64dan yuqori bo‘lgan bir yarim ming keksa ayollar hayot tarzini kuzatib, kam harakatda bo‘ladiganlar tezroq qarishlarini aniqlashgan. Bir sutkada 10 soatdan ortiq o‘tirgan holatda bo‘lgan ayollarning biologik yoshi faol ayollarga nisbatan o‘rtacha 8 yosh ko‘proq bo‘lishi qayd etilgan.

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Kimdir bir yil ichida uch yilga qariydi, yana kimdir uchun vaqt to‘xtab qolgandek, go‘yo. Gap irsiyatda ham bo‘lishi mumkin, lekin hammasi ham emas. Bir nechta tadqiqotlarga ko‘ra, inson o‘z harakatlari bilan xujayralar va butun organizmi yoshligini uzaytirishi mumkin ekan.

Jiteli goroda Denau  (Surxandarinskaya oblast) - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston qariyalari yana bir rekord o‘rnatishdi

Hamma ham bir xil qarimaydi

2015 yilda Dyuk universiteti, Iyerusalimdagi Yahudiy universiteti va Londondagi Qirollik kollejining bir guruh olimlari Yangi Zelandiyaning kichikroq bo‘lgan Danidin shahrida yashovchi 1972-1973 yillarda tug‘ilgan mingga yaqin fuqarolarning ma’lumotlarini tahlil qiladilar. O‘sha vaqtda O‘sha vaqtda tadqiqot ishtirokchilari yoshi 26 yoshdan 38 yoshgacha bo‘lgan, o‘n ikki yil davomida ular ustidan qat’iy nazorat olib borilgan.

Tadqiqot avvalida gerontoroglar sinovda bo‘lgan fuqarolarning telomerlari - ya’ni xromosomalarning yakuniy uchastkalari uzunligini o‘lchab oladilar. Telomerlar hujayraning har bir bo‘linishida qisqarib boradi va inson qarishining bosh sabablaridan biri hisoblanadi.

So‘ngra o‘n yillik davomida 18 biomarkerlar (qon bosimi, moddalar almashinuvi tezligi, xolesterin darajasi, jigar, o‘pka, buyrak va boshqa a’zolar faoliyati) bo‘yicha muntazam ravishda ishtirokchilar biologik yoshi va organizm qarishi tezligi hisoblab borilgan. Bundan tashqari, barcha ko‘ngillilar 38 yoshga to‘lganlarida psixologik yoshni aniqlovchi testdan o‘tganlar.

256 yil umr ko‘rgan xitoylik siri

Ma’lum bo‘lishicha, sinovda bo‘lgan shaxslarning ayrimlari qolganlaridan ko‘ra 3 karra tezroq qarigan, va tabiiyki, 12 oydan so‘ng bundaylarning yoshi 3-yilga oshgan. Boshqalar esa, aksincha, o‘n olti yarim oy ichida bir yilni "yashaganlar". Ishtirokchilar 38 yoshga to‘lganlarida, bunday kishilarning biologik yoshidagi o‘zgarishlar 28 yoshdan tortib 61 yoshgacha bo‘lgani kuzatilgan.

Ilmiy ish mualliflari fikriga ko‘ra, sinovda bo‘lgan fuqarolarning qarishi tezligi 20% holatda genetika (irsiyat)ga bog‘liq bo‘lgan. Bunda sport mashg‘ulotlari, to‘g‘ri oziqlanish, muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tish va chekishdan voz kechish katta ahamiyat kasb etgan. Bundan tashqari, psixologik yoshi pasportdagi yoshidan katta bo‘lgan insonlar ham tezroq qarishga moyil bo‘lgan.

Hayot - harakatda

Kaliforniya universiteti biologlari yuqoridagi hamkasblarining ayrim xulosalarini ma’qullaydilar. Olimlar yoshi 64dan yuqori bo‘lgan bir yarim ming keksa ayollar hayot tarzini kuzatib, kam harakatda bo‘ladiganlar tezroq qarishlarini aniqlashgan. Bir sutkada 10 soatdan ortiq o‘tirgan holatda bo‘lgan ayollarning biologik yoshi faol ayollarga nisbatan o‘rtacha 8 yosh ko‘proq bo‘lishi qayd etilgan.

Markaziy Osiyoda eng uzoq yashaydigan xalq - o‘zbekistonliklar ekanligi aytildi

Yoshlikni uzaytirishning to‘g‘ri usullaridan biri - kamroq shirinlik iste’mol qilishdir, deya fikr bildirishmoqda ingliz va nemis genetiklari. Ular drozofil pashshasini tarkibida shakar yuqori bo‘lgan diyetaga o‘tirg‘izishadi va bu keksayish bilan bog‘liq bo‘lgan FOXO geni faoliyatiga ta’sir ko‘rsatganini aniqlaydilar.

Sabzavot atrofida uchib yuradigan mayda yosh pashshalar ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh tarkibida shakar miqdori optimallashtirilgan mahsulotlar bilan oziqlantiriladi, ikkinchi guruhga berilgan mahsulotlarda esa shakar normadagidan sakkiz baravar ko‘p bo‘ladi.

Oradan uch hafta o‘tib, barcha hasharotlar oddiy parhezga o‘tkaziladi. Ammo shunday bo‘lsada, yosh vaqtida shirinlikni ko‘p iste’mol qilgan drozofillar nazorat guruhida bo‘lgan mayda pashshalarga nisbatan ko‘proq o‘lishlari qayd etilgan. Shirinlik iste’mol qiladiganlar orasida bevaqt o‘lish xavfi 50 foiz yuqori bo‘lgan, va keyinchalik sog‘lom oziqlanishga o‘tish yashovchanlik darajasini yaxshilamagan.

Tarkibida shakar miqdori yuqori bo‘lgan parhez drozofillarda dFOXO geni jarayonini o‘zgartirgan, va bu hasharotlar hayoti davomiyligining qisqarishiga olib kelgan.

Mualliflar fikriga ko‘ra, shakar miqdorining ko‘pligi qarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan FOXO geni faolligini o‘ldirgan.

Olimlar shakar o‘rniga urolitinga boy mahsulotlarni iste’mol qilishni tavsiya etadilar. Bu birikma yong‘oq, anor va qulupnay tarkibida mavjuddir. Urolitin ukolidan keyin nematoda-chuvalchanglari (Caenorhabditis elegans) o‘z qavmdoshlariga nisbatan 45% uzoq yashaydilar, oddiy laboratoriya sichqonlari esa 42% chidamli bo‘lishlari kuzatilgan.

Umr davomiyligini chili qalampiri, aniqrog‘i uning tarkibida bo‘lgan alkaloid kapsaitsin moddasi ancha uzaytirar ekan. Bu modda semirishga qarshilik ko‘rsatib, yurak-qon tomir va o‘pka bilan bog‘liq kasalliklarning oldini oladi.

Jenshini beseduyut na rinke - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar g‘iybat qilishning foydasini isbotlashdi

Asosiysi - asabiylashmang

Inson qay darajada kam asabiylashsa, u shu qadar sekin qariydi, deb hisoblashadi amerikalik genetiklar. Depressiya va stress hujayra membranalari harakati uchun javob beradigan ANK3 geni ishida o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Normada ushbu gen aktivligi yillar davomida oshib boradi va bu tana qarishiga olib keladi. Ammo jiddiy stress, depressiya holatini boshdan kechirgan, yoki o‘z joniga qasd qilishga uringan kishilarda yoshlikdanoq ANK3 faolligi yuqoriligi kuzatiladi va natijada bu erta qarishga olib keladi.

Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, uzoq umr ko‘rish siri aynan mana shu genga bog‘liq. Bu genning C. elegans nematodalarida "o‘chirib" qo‘yilishi chuvalchanglar hayoti davomiyligini sezilarli uzaytirgan.

Yangiliklar lentasi
0