Yunusobodda uch nafar o‘smirni urib yuborgan ayolga ayblov qo‘yildi

© Sputnik / Pavel LisisinNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haydovchi 12 yoshli uch nafar o‘smirni urib yuborgan. YTH oqibatida o‘smirlardan biri voqea joyida vafot etgan.

TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. Yunusobod tumanida uch nafar o‘smirni urib yuborgan haydovchiga ayblov qo‘yildi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, Yunusobod tumani 11-kvartalida yo‘lning chetida turgan uch nafar 12 yoshli o‘smirni urib yuborgan “Neksiya-3” avtomobili haydovchisi 42 yoshli T.L.ga O‘zbekiston JKning 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

DTP v Yunusabadskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
IIBB Yunusoboddagi YTH yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi

Xabarda ayolga nisbatan Jinoiy ishlar bo‘yicha Yunusobod tuman sudi uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llagani qayd etilgan. Ehtiyot chorasini qo‘llashda uning uch nafar voyaga yetmagan farzandi borligi, oilaning yagona boquvchisi ekanligi, muqaddam sudlanmaganligi kabi holatlar inobatga olingan.

Eslatib o‘tamiz, 4-iyun kuni Yunusobod tumanining 11-mavzesida “Neksiya” avtomobili haydovchisi yo‘l chetida bo‘lgan 12 yoshli uch nafar o‘smirni urib yuborgan. YTH oqibatida o‘smirlardan biri voqea joyida vafot etgan. Ikkinchi o‘smir olgan jarohatlari tufayli shifoxonaga yotqizilgan.  Uchinchi o‘smir esa ambulator sharoitida ko‘rikdan o‘tkazilgan va uyiga javob berilgan.

Yangiliklar lentasi
0