IIBB Yunusoboddagi YTH yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi

© Press-slujba GUVD TashkentaDTP v Yunusabadskom rayone Tashkenta
DTP v Yunusabadskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBB Yunusobodda bo‘lgan YTH yuzasidan rasmiy bayonot berdi. YTH oqibatida o‘smirlardan biri voqea joyida vafot etgan.

TOShKENT, 5-iyun - Sputnik. Toshkent shahar IIBB Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisa yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 4-iyun kuni Yunusobod tumanining 11-mavzeda “Neksiya” avtomobili haydovchisi 42 yoshli ayol yo‘l chetida bo‘lgan 12 yoshli uch nafar o‘smirni bosib yuborgan.

Videoregistrator v avtomobile - Sputnik O‘zbekiston
“Tergovga yordam”: toshkentliklarga YTH haqidagi videoni yo‘llash taklif qilindi

YTH oqibatida o‘smirlardan biri voqea joyida vafot etgan. Ikkinchi o‘smir olgan jarohatlari tufayli shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar uning ahvolini barqaror deb baholashmoqda. Uchinchi o‘smir esa ambulator sharoitida ko‘rikdan o‘tkazilgan va uyiga javob berilgan.

Xabarda qayd etilishicha, haydovchi voqea joyidan ketib qolmagan. U voqea joyida qolib, tergov harakatlarini o‘tkazishda faol yordam ko‘rsatgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u gaz va tormoz pedallarini adashtirib yuborgan.

Hozirda mazkur hodisa yuzasidan O‘zbekiston JKning 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu ish nazoratga olingani, tergovning qonuniyligi ta’minlanishi qo‘shimcha qilingan. Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinadi. 

Avvalroq Potrebitel.uz guruhi foydalanuvchisi Mixail Axperjanyans qoldirgan xabarga ko‘ra, YTH oqibatida 12 yoshli bola voqea joyida vafot etgan, yana bir o‘smir jonlantirish bo‘limida vafot etgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0