Penzada YTHga uchragan o‘zbekistonliklardan biri vafot etdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvtomobili politsii i skoroy meditsinskoy pomoshi
Avtomobili politsii i skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Penza viloyatida YTHga uchrab, bosh miya jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan o‘zbekistonliklardan biri vafot etdi.

TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. Rossiyaning Penza viloyatida YTHga uchrab,  bosh miya jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan o‘zbekistonliklardan biri vafot etdi.

V NII detskoy onkologii i gematologii Rossiyskogo Nauchnogo Sentra RAMN imeni N.N. Bloxina. - Sputnik O‘zbekiston
Penzada YTHga uchrab, bosh miya jarohati olgan o‘zbekistonliklar ro‘yxati e’lon qilindi

TIVning O‘zbekistonning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga asoslanib xabar qilishicha, 6-iyun kuni Penza viloyati Kuznesk tumanlararo kasalxonasida O‘zbekiston fuqarosi Patilloyev Sherali Xolnazarovich (06.09.1983 y.da tug‘ilgan) vafot etgan.

4 iyun kuni u va boshqa 7 nafar O‘zbekiston fuqarolari Penza viloyati hududidan o‘tuvchi M5 “Ural” trassasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bosh miya jarohatlari bilan yuqorida qayd etilgan kasalxonaga joylashtirilgan edi.

Bosh konsulxonaga Penza viloyat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bugun taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda quyidagi fuqarolar ushbu davolash muassasasining reanimatsiya bo‘limida:

1. Karakulov Ziyodullo Murtazoyevich, 05.11.1968 y.da tug‘ilgan;
2. Abduravitov Sunnat Islomitdinovich, 06.05.1995 y.da tug‘ilgan;
3. Turdaliyeva Sohibaxon Jurayevna, 24.03.1973 y.da tug‘ilgan;

Travmatologiya bo‘limida:

1. Egamberdiyev Ravshan Xalimjanovich, 08.06.1987 y.da tug‘ilgan;
2. Kosimov Fazliddin Baxriddinovich, 05.03.1986 y.da tug‘ilgan;
3. Abduravitov Musurmon Abdixalil ugli, 15.05.1995 y.da tug‘ilgan;
4. Safarov Nurulla Davlatmuradovich, 16.07.1985 y.da tug‘ilgan.

Grajdane Uzbekistana postradali v DTP s mikroavtobusom pod Penzoy - Sputnik O‘zbekiston
Penzada O‘zbekiston fuqarolari YTHga uchradi

Marhumning jasadini vatanga qaytarishda konsullik-huquqiy ko‘mak berish va jarohatlangan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Bosh konsulxona tegishli choralarni ko‘rmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirgan va eslatishicha, Rossiyaning Volga bo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod oblasti, Orenburg oblasti, Penza oblasti, Perm o‘lkasi, Samara oblasti, Saratov oblasti, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov oblasti, Chuvashiya Respublikasi) hududidagi hamurtlar zarur vaziyatlarda mamlakatning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-967-772-66-00.

Yangiliklar lentasi
0