Penzada O‘zbekiston fuqarolari YTHga uchradi

© GU MChS Rossii po Penzenskoy oblastiGrajdane Uzbekistana postradali v DTP s mikroavtobusom pod Penzoy
Grajdane Uzbekistana postradali v DTP s mikroavtobusom pod Penzoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Gazel” yuk mashinasi qarama-qarshi tarafga chiqib ketgan va Hyundai mikroavtobusiga borib urilgan.

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. Rossiyaning Penza viloyatida o‘zbekistonliklar ketayotgan mikroavtobus YTHga uchradi.

Proisshestvie v Nyu-Yorke - Sputnik O‘zbekiston
Nyu-Yorkdagi YTH oqibatida o‘zbekistonlik uch yashar bola halok bo‘ldi

RIA Novostining xabar qilishicha, yo‘l-transport hodisasi bugun, 4-iyun kuni “Ural” M-5 yo‘lining 754-kilometrida sodir bo‘lgan. “Gazel” yuk mashinasi qarama-qarshi tarafga chiqib ketgan va Hyundai mikroavtobusiga borib urilgan.

YTH oqibatida “Gazel” haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan, uning bir yo‘lovchisi, shuningdek, Hyundai haydovchisi va uning sakkiz nafar yo‘lovchilari jabrlangan.

Jabrlanganlar Kuznesk tumanlararo shifoxonasiga olib borishgan. Ularning ahvoli haqidagi aniqroq ma’lumot shifokorlar tomonidan taqdim etiladi.

Hozirda hodisa tafsilotlari aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0