TOShKENT, 28-may – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev farmoniga muvofiq Abdugafarov Ilhomjon Abduxalilovich O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Abdugafarov Ilhomjon 1995-yilda Toshkent Davlat universitetini, 2000-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Kibernetika instituti aspiranturasini tamomlagan. Amaliy matematika mutaxassisligiga ega. Shuningdek, texnika fanlar nomzodi hisoblanadi.
Bunga qadar O‘zbekiston Markaziy bankining to‘lov tizimlari va axborot texnologiyalari departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan.