Ekspert nima uchun O‘zbekiston va Tojikiston IOIIga shoshilmasligi kerakligini tushuntirdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishGeneralniy direktor Yevraziyskogo sentra integratsionnix issledovaniy i kommunikatsiy, polnomochniy predstavitel Prezidenta Delovogo Soveta YeAES Stanislav Naumov
Generalniy direktor Yevraziyskogo sentra integratsionnix issledovaniy i kommunikatsiy, polnomochniy predstavitel Prezidenta Delovogo Soveta YeAES Stanislav Naumov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevroosiyo integratsiya tadqiqotlari va kommunikatsiyalari markazi bosh direktori, IOII Biznes kengashi prezidentining vakolatli vakili Stanislav Naumov XXIII Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik shakllari haqida so‘z yuritdi.

Ekspertning fikriga ko‘ra, yaqin kelajakda IOII  geografiyasining tez kengayishi kutilmaslik lozim va bu esa bir jihatdan yaxshi.

Aleksandr Gusev - Sputnik O‘zbekiston
Gusev: IOII barcha sobiq Sovet ittifoq mamlakatlarini integratsiya qilish uchun tuzilgan

“Men yangi ishtirokchilarni kutishda shoshmagan bo‘lardim, zero Yevropa ittifoqi bir vaqtlar geografiyasini tez kengaytirib, bu tuzoqqa tushgan edi. Har bir yangi ishtirokchini qabul qilish - bu erishilgan kelishuvlar va nizomlarni muvofiqlashtirish va qayta ko‘rib chiqish demakdir. O‘ylaymanki, O‘zbekiston ham, Tojikiston ham kuzatuvchilar doirasida samarali hamkorlik qilib, tashkilotga bosqichma-bosqich integratsiya bo‘lishlari mumkin”, - dedi Naumov.

U, eng avvalo, O‘zbekiston bir paytlar qadimiy Ipak yo‘lining bir qismi bo‘lgan geografik afzalliklari bilan kuchli tranzit salohiyatiga ega bo‘lgan mamlakat sifatida IOII mamlakatlari uchun qiziqish uyg‘otishiga ishonadi.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq yanada kengayishi mumkin - Medvedev

Respublikaning IOIIga a’zo mamlakatlari bilan o‘zaro hamkorligining yana bir sohasi - tarif – bojxona tartib-taomillarini, shu jumladan, Rossiya va boshqa qishloq xo‘jaligi bozorlarida talab yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uyg‘unlashtirishdir.

Ekspertning to‘liq izohini Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Ekspert poyasnil, pochemu Uzbekistanu i Tadjikistanu ne stoit speshit v YeAES
Yangiliklar lentasi
0