Gusev: IOII barcha sobiq Sovet ittifoq mamlakatlarini integratsiya qilish uchun tuzilgan

© SputnikAleksandr Gusev
Aleksandr Gusev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Strategik rejalashtirish va prognozlash instituti direktori, Rossiya fanlar akademiyasi Sotsiologiya instituti ilmiy xodimi, siyosiy fanlar doktori, professor Aleksandr Gusev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida so‘z yuritdi.

YeOII – bu yagona 108 million iste’molchilarni o‘z ichiga olgan bozordir. Bugungi kunda juda muhim xalqaro o‘yinchilar – Singapur, Isroil, Hindiston bilan muzokaralar olib borilmoqda.

YeOII va Vyetnam o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risida bitim mavjud. Shuningdek, Eron va Xitoy bilan hujjatlar imzolangan.

“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi kelajakdagi istiqboli, sobiq Sovet ittifoqi mamlakatlarining to‘liq integratsiya qilish uchun  tuzilgan. O‘ylaymanki, IOII asta-sekinlik bilan uning tarkibiga kiradigan davlatlar hisobiga kengayadi ”, - dedi ekspert.

U bugungi kunda kun tartibidan ko‘proq iqtisodiy masalalar o‘rin olganini, biroq kelajakda siyosiy masalalar ko‘proq bo‘lishini ta’kidladi.

Dmitriy Medvedev - Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq yanada kengayishi mumkin - Medvedev

2014-yilning 29-may kuni Nur-Sultonda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston prezidentlari tomonidan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini tuzish to‘g‘risida shartnoma imzolangan.

29-may kuni Nur-Sultonda Yevroosiyo ittifoqini tashkil etish to‘g‘risida bitimni imzolanganiga 5-yil to‘lishi munosabati bilan yig‘ilish o‘tkaziladi.  

Tadbirda Yelboshi Nursulton Nazarboyev, Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Armeniya bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etadi.

Shuningdek, yig‘ilishda YeOIIda kuzatuvchi davlat sifatida Moldova prezidenti Igor Dodon, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev faxriy mehmon sifatida qatnashadi.

Gusev rasskazal o perspektivax YeAES
Yangiliklar lentasi
0