“Oʻzgidromet” Toshkentdagi navbatdagi chaqmoq va yomgʻirlar haqida ogohlantirdi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan chaqmoq chaqadi va yomgʻir yogʻadi. Gʻarbdan esadigan shamol tezligi 5-10 m/sni tashkil etadi. Chaqmoq paytida shamol tezligi 15-20 m/sga ortadi.

TOSHKENT, 6 iyun – Sputnik. 6 iyun kuni Toshkent shahrida ob-havo oʻzgarishi kuzatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati “Oʻzgidromet” xabariga asoslanib xabar qilmoqda.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan chaqmoq chaqadi va yomgʻir yogʻadi. Gʻarbdan esadigan shamol tezligi 5-10 m/sni tashkil etadi. Chaqmoq paytida shamol tezligi 15-20 m/sga ortadi.

Vstrecha pervыx passajirov v novom mejdunarodnom terminale aeroporta Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent aeroporti tomidan chakka oʻtdi

Havo harorati kunduzi +28...+30 daraja, kechqurun esa +15...+17 daraja iliq boʻlishi kuzatilmoqda.

“Kuchli shamol sizga va yaqinlaringizga, mol-mulkingizga zarar yetkazmasligi uchun bunday paytda daraxtlar ostida yurmang hamda avtomobilingizni ham daraxtlar tagida saqlamang. Kuchli yogʻingarchilik oqibatida shahrimizda suv toshish holatlarini kuzatsangiz, 1050, 1055 telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qiling”, - deb ogohlantiradi Toshkent shahar hokimligi.

Soʻnggi bir necha kun davomida yoqqan yomgʻir shaharda suv toshishi bilan bogʻliq koʻngilsiz holatlarni keltirib chiqardi.

Yangiliklar lentasi
0