Toshkent aeroporti tomidan chakka o‘tdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha pervix passajirov v novom mejdunarodnom terminale aeroporta Tashkent
Vstrecha pervix passajirov v novom mejdunarodnom terminale aeroporta Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida kuchli yomg‘irlardan keyin aeroportning uchib kelish zalini suv bosgani tasvirlangan videolar tarqaldi.

TOShKENT, 4-iyun – Sputnik. Kecha, 3-iyun kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalini suv bosdi.

AviaSpotter Telegram-kanaliga joylangan videoda zal shiftidan suv tomayotgani, har joy-har joyga suv tomishi uchun chelaklar qo‘yilganini ko‘rish mumkin.

Suv toshqinlari nafaqat uchib kelish zalida, boshqa zallarda ham, shuningdek, aeroport binosi tashqarisida ham kuzatildi.

Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Nur-Sulton va Moskvadan Toshkentga uchgan ikkita samolyot o‘z yo‘nalishini Samarqandga o‘zgartirdi.

Yangiliklar lentasi
0