Qirg‘izistonda tartibsizliklarda ishtirok etgan 27 yoshli deputat qo‘lga olindi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoMujchina derjit naruchniki
Mujchina derjit naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Orok qishlog‘ida Hayit namozidan so‘ng o‘smirlar o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keladi, keyin esa bu mushtlashuvga aylanib ketadi.

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Qirg‘izistonda Sokuluk tumani Orok qishlog‘idagi tartibsizliklarda ishtirok etgan 27 yoshli mahalliy kenesh deputati Qilich Borkoyev qo‘lga olindi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Qirg‘iziston militsiya xodimlari Orok qishlog‘idagi sodir bo‘lgan mojaroda ishtirok etgan 32 kishini qo‘lga olgan, ulardan 31 nafari so‘roqqa hozir bo‘lish majburiyati bilan qo‘yib yuborgan.

Tadjikskie pogranichniki - Sputnik O‘zbekiston
Qabriston sababli tojik-qirg‘iz chegarasida nizo chiqdi

Chuy viloyati IIBBning aniqlik kiritishicha, qamoqda faqat mahalliy kenesh deputati Qilich Borkoyev qolgan. Hozirda deputat Sokuluk tuman IBB vaqtinchalik saqlash izolyatorida saqlanmoqda.

Orok qishlog‘idagi mojaro

5 iyun kuni soat 8:30lar atrofida Hayit namozidan so‘ng o‘smirlar o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keladi, keyin esa bu mushtlashuvga aylanib ketadi. Ikki o‘smir shifoxonaga yotqizilgan va ularning ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston JKning 266-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 15 va 23 yoshli ikki nafar gumon qilinuvchi hibsga olinib, vaqtinchalik saqlash izolyatorida saqlanmoqda. Mojarodan g‘azablangan qishloqdoshlar 15 ta xonadon derazalarini sindirib, bedaxonani yoqib yuborishgan. Hozirda qishloqda vaziyat barqarorlashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston sobiq bosh prokurori Aida Salyanova shov-shuvli Aziz Batukayev ishi bo‘yicha hibsga olingani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0