TOShKENT, 23-may – Sputnik. Tojikiston chegara qo‘shinlari bosh boshqarmasi tomonidan yuz bergan nizo yuzasidan izoh berdi.
Hodisa 22-may kuni Qirg‘iziston Batkent viloyati Qora-Bak qishlog‘idagi Eski Mozor hududida sodir bo‘ldi.
Sputnik Qirg‘iziston yozishicha, mahalliy aholi vafot etgan fuqaroni daft etish uchun qabristonga o‘tishgan. Qabristonda tojik chegarachilari paydo bo‘lganda, ular orasida janjal yuz beradi. Qirg‘izistonliklar tojik chegarachilari qabriston hududidan ketishini talab qildi.
Shunda, chegarachilar osmonga qarata ogohlantish o‘qini uzadi.
Tojikiston chegara qo‘shinlari ma’lumotlariga ko‘ra, mojaroni qirg‘izistonliklar keltirib chiqarishdi: 200 yaqin qirg‘izistonliklar Tojikiston hududiga kirib, 700 metr ichkariga o‘tishdi.
“Ular Kurgancha va Qarabag qishloqlar orasida joylashgan qabristonda qarishdoshlar dafn etilgani sababli ushbu hudud ularga tegishli ekanligi haqida asossiz talablarni bildirishdi. Qirg‘iz tomon ushbu faktdan foydalanib, 4 gektar maydonni qamrab olgan qabriston hududini noqonuniy tarzda egallab olishga harakat qilmoqda”, - deb yozadi Sputnik Tojikiston.
Tojikiston chegara xizmati ta’kidlashicha, qabriston Tojikiston hududida joylashgan.
“Tojikistonning qo‘riqlanadigan hududiga qirg‘izistonliklarni noqonuniy kirishini oldini olish maqsadida” ogohlantirish o‘q otish amalga oshirilgan.
Kuni kecha Sputnik Qirg‘iziston ma’lum qilishicha, Eski Mozor uchastkasidagi qabriston Tojikiston davlat chegarasining shartli chizig‘idan 150 metr masofada joylashgan. Mahalliy uchastka ro‘yxatga olinmagan, biroq aslida qirg‘izistonliklar tomonidan foydalanilgan.
Vaziyat chegaralar nazorati ostiga olingan. Qishloq aholisi bilan tushuntirish ishlari olib borildi.