Qirg‘iziston sobiq bosh prokurori hibsga olindi

© Sputnik / Pavel LisisinJenshina v naruchnikax
Jenshina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston sobiq bosh prokurori Aida Salyanova hibsga olindi

TOShKENT, 5-iyun – Sputnik. Qirg‘iziston sobiq bosh prokurori Aida Salyanova hibsga olindi.

Sputnik Qirg‘izistonning yozishicha, Bishkek shahar Pervomayskiy tuman sudi tomonidan sobiq bosh prokuror Aida Salyanovaga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Sud o‘z qarorini Salyanova ozodlikda bo‘lib, tergovga bosim o‘tkazish mumkin deya tushuntirgan.

Qayd etilishicha, sud qarori bilan sobiq bosh prokuror 26-iyungacha tergov hibsxonasida saqlanadi.

Joriy yilning 3-iyun kuni Aida Salyanova IIVga kriminal avtoritet Aziz Batukayevni noqonuniy ozod qilish ishi bo‘yicha so‘roqqa chaqirilgan. Tunda uni qo‘lga olib, vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirishgan. Bunga sobiq maxsus prokuror Mayrambek Akmataliyevning ko‘rsatmalari sabab bo‘lgan.

Gosudarstvenniy flag Kirgizskoy Respubliki - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston sobiq prezidentlari daxlsizlik huquqidan mahrum qilindi

Batukayevni ozod qilish ishi

Aziz Batukayev 2006-yilning avgust oyida Alamudin tuman sudi hukmi bilan 16-yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, uning  molu mulki musodara qilingan. Batukayev 2006-yilda Bishkek shahri yaqinida koloniyada ommaviy tartibsizlik uyushtirganlikda va hujum paytida Qirg‘iziston parlamenti deputati Tinichbek Akmatbayev, jazoni ijro etish boshqarmasi rahbari Ikmatulla Polotov va parlamentning ikki nafar xodimini o‘ldirishda ayblangan.

Aziz Batukayev 2013-yil 9-aprelda “og‘ir kasallik” tufayli shartli ravishda ozod qilingan. U bundan foydalanib, Qirg‘iziston hududini tark etgan.

Qirg‘iziston IIV ma’lumotiga ko‘ra, Batukayev hozirda Chechenistonda noqonuniy qurol saqlagani uchun jazo muddatini o‘tamoqda.

Kriminal avtoritetga nisbatan jinoiy ishni qayta qo‘zg‘atilganini 17-aprel kuni Qirg‘iziston bosh prokurori Otkurbek Jamshitov ma’lum qildi.

Shu ish yuzasidan bir necha shifokorlar, sobiq bosh vazir Shamil Ataxanov, Sog‘liqni saqlash vazirligi sobiq vaziri Dinara Saginbayeva va jazoni ijro etish xizmati raisining sobiq maslahatchisi Kalibek Kachkinaliyev qo‘lga olingan. Bundan tashqari, Norin shahar sudyasi ham mazkur jinoiy ish figurantiga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0