Zaxarova Zelenskiyning “Qrimni qaytarish” strategiyasiga baho berdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishBrifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zelenskiy matbuot kotibi Ukraina prezidenti Brusselga tashrifi chog‘ida Yevropa Ittifoqi va NATO rasmiylari bilan Kiyevda ishlab chiqilayotgan “Qrimni qaytarish” strategiyasini muhokama qilishini ma’lum qildi.

TOShKENT, 5-iyun – Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova NSNga bergan intervyusida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy  jamoasi tomonidan "Qrimni qaytarish" strategiyasiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqidagi xabarga o‘z munosabatini bildirdi.

Zaxarova yarimorol aholisi 2014-yilda o‘tkazilgan referendumda Qrimga kim egalik qilishi haqidagi savolga nuqta qo‘yishganini ta’kidladi.

Izbranniy prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy Ukraina Qrimni o‘ziga qaytaradi, deya bayonot qildi

“Ukrainlarning Vataniga qaytish haqidagi chaqiriqqa hozircha faqat Saakashvilidan sado chiqdi. Qrimliklar shunday javob berishdiki, bundan yaxshisini aytolmaysan”, - deya Rossiya TIV rasmiy vakili so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Biroz ilgari Zelenskiy matbuot kotibi Yuliya Mendel Ukraina prezidenti Brusselga tashrifi chog‘ida Yevropa Ittifoqi va NATO rasmiylari bilan Kiyevda ishlab chiqilayotgan “Qrimni qaytarish” strategiyasini muhokama qilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Uning “administratsiya shaffof bo‘lish niyatida”, biroq yakuniy qaror chiqarilmaguncha tafsilotlarni oshkor qilmoqchi emas. Shuningdek, u Qrimning kimga tegishli to‘g‘risida Ukraina tarafining pozitsiyasi o‘zgarmaganini bildirib o‘tdi.

Zaxarova Moskvaga tanklarda kirib kelishni va’da qilgan ukrainalik vazirga javob qaytardi

Qrim Ukrainada yuz bergan davlat to‘ntarishidan so‘ng 2014-yil mart oyida o‘tkazilgan referendum yakunlariga ko‘ra Rossiya tarkibiga kiritildi. Referendumda yarimorolning aksariyat aholisi Rossiya tarkibiga kirish uchun ovoz berdi. Rossiya va Qrim qo‘shilishi uchun 96,77% qrimliklar va 95,6% sevastopol aholisi ovoz berdi.

Moskva yarimorol aholisi demokratik yo‘l, xalqaro huquq va BMT Nizomiga muvofiq qaror qabul qilganini bir necha bor ta’kidladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Qrim masalasi uzul-kesil hal qilingan.

Yangiliklar lentasi
0