TOShKENT, 18-may — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rasmiy Kiyev o‘ziga Qrimni qaytaradi, deya ishonch bildirdi.
U bu haqda bugun Ukrainada nishonlanayotgan Qrim-tatar xalqi genotsid qurbonlarini xotirlash kuni munosabati bilan o‘z Feysbukida post qoldirgan.
"Men ishonaman, biz qrim-tatarlar vatanini okkupatsiyadan ozod qilamiz. Qrimni qaytarish bo‘yicha yo‘limiz qanchalik olis bo‘lmasin, biz uni qrimlar (qrim-tatarlar) bilan birgalikda bosib o‘tamiz. Bu ishni birgalikda amalga oshiramiz. Unutmang, hatto eng zim-ziyo tun ham tong bilan yakun topadi", — degan Zelenskiy.
Sal oldin Zelenskiy shtabi Qrimning Rossiyaga qo‘shilgani to‘g‘risidagi referendum natijalarini tan olmasliklarini aytgan edi.
Lavrov G‘arb nega Qrimni tan olmayotganini tushuntirib berdi >>>
Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Qrim Rossiyada hukumat almashgach mamlakat tarkibiga qaytishini aytib kelmoqda. Shu bilan birga u prezident saylovlaridan keyin Qrimni darhol qay tarzda qaytarish mumkinligini bilmay turganini tan olgan.
AQSh Qrimni Rossiyaniki deb tan olmaydi >>>
Qrim yarimoroli va Sevastopolda referendum Ukrainada yuz bergan davlat to‘ntarishidan so‘ng, 2014-yilning fevralida o‘tkazilgan edi. 2014-yil 16-mart kuni bo‘lib o‘tgan referendumda yarimorolning aksariyat aholisi Rossiya tarkibiga kirish uchun ovoz berdi. Rossiya va Qrim qo‘shilishi uchun 96,77% qrimliklar va 95,6% sevastopol aholisi ovoz bergan edi. Ukraina hanuzga qadar Qrim yarimorolini vaqtincha okkupatsiya qilingan o‘ziga qarashli hudud, deb hisoblab keladi. Shuningdek, Qrim yarimoroli aholisi xohishi G‘arb mamlakatlari tomonidan ham tan olinmadi, ular o‘z noroziligini Rossiyaga va Qrim regioniga sanksiyalar kiritish orqali namoyish qildilar.