Krishtianu Ronalduga nisbatan zo‘rlash bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ish yopildi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishFutbol. ChM-2018. Trenirovka sbornoy Portugalii
Futbol. ChM-2018. Trenirovka sbornoy Portugalii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agentlikning ma’lum qilishicha, Las-Vegas sudiga mazkur ishni to‘xtatish to‘g‘risida ariza kelib tushgan.

TOShKENT, 5-iyun - Sputnik. Las-Vegasdagi Nevada shtati sudi Portugaliya terma jamoasi futbolchisi, Italiyaning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduga qarshi qo‘zg‘atilgan nomusga tegish ayblovi bo‘yicha ishni to‘xtatdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Krishtianu Ronaldu pribil dlya sudebnogo zasedaniya - Sputnik O‘zbekiston
Sud Krishtianu Ronalduga jazo tayinladi

Agentlikning ma’lum qilishicha, Las-Vegas sudiga mazkur ishni to‘xtatish to‘g‘risida ariza kelib tushgan. Bu ish tomonlarning o‘zaro roziligi asosida qilinganmi yoki ayolning tashabbusi bilan amalga oshirilganmi — hozircha bu haqda aniq ma’lumot yo‘q, deya yozadi RT.

2018 yilning sentabrida Spiegel nemis jurnali amerikalik model Ketrin Mayorga Ronalduni zo‘rlaganlikda ayblayotgani haqida ma’lum qilgandi. Nashr ma’lumotlariga qaraganda, 2010-yil yanvarida futbolchi vakillari jabrlanuvchi jim yurishi uchun 375 ming dollar to‘lagan.

Keyinchalik Las-Vegas politsiyasi Ronalduga nisbatan qizni zo‘rlaganligi haqida jinoiy ishni qayta qo‘zg‘atgan.

Ronalduning o‘zi bir necha marotaba ayblovni rad etgandi.

Yangiliklar lentasi
0