Sud Krishtianu Ronalduga jazo tayinladi

© AP Photo / Manu FernandezKrishtianu Ronaldu pribil dlya sudebnogo zasedaniya
Krishtianu Ronaldu pribil dlya sudebnogo zasedaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ronalduga 2011—2014 yillar oralig‘ida 14,7 million yevroni soliq organlaridan yashirganlikda ayblovi qo‘yilgandi

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Madrid sudi Portugaliya jamoasi va Italiyaning “Yuventus” klubining hujumchisi Krishtianu Ronalduni soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash ishi bo‘yicha hukm chiqardi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Futbol. RFPL. Match Anji - Lokomotiv - Sputnik O‘zbekiston
Braziliyalik jahon futboli yulduzi Toshkentga keladi

Xabarda yozilishicha, Krishtianu Ronalduga soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash ishi bo‘yicha 23 oy shartli qamoq va 19 million yevrdodan oshiqroq jarima jazosi tayinlangan.

Ronalduga 2011—2014 yillar oralig‘ida  14,7  million yevroni soliq organlaridan yashirganlikda ayblovi qo‘yilgandi. O‘sha payt Ronaldu Ispaniyada “Real” klubi safida to‘p surardi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Las-Vegas politsiyasi "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning DNK namunasini olish uchun order bergani haqida ma’lum qilgandik.

Yangiliklar lentasi
0