TOShKENT, 30-may — Sputnik. Toshkent shahar IIBB videoregistrator qayd etgan YTH haqidagi videolarni ichki ishlar organlari xodimlariga topshirishning qulay usullarini taklif qildi.
“Yo‘l-transport hodisasining videoga qayd etilgani tergovga sezilarli yordam berishi mumkin, ammo videokuzatuv kameralardan har doim ham foyda bo‘lmaydi – ba’zida rakurs pand bersa, boshqa hollarda kameraning o‘zi bo‘lmaydi”, - deya ma’lum qiladi IIBB.
Faylni onlayn tarzda “Tergovga yordam” majburiy belgisi bilan yo‘llashning uch xil usuli mavjud:
1. Facebook-sahifasiga shaxsiy xabar qoldirish www.facebook.com/iibb.uz/
2. Facebook-guruhiga yo‘llash www.facebook.com/groups/iibb.toshkent/
3. t.me/iibb_bot IIBB telegramm-botiga (20 MB dan ortiq vazndagi fayllarni cheklovi mavjud).
Shuningdek, YTHning sanasi, vaqti va joyini ko‘rsatib o‘tish so‘ralgan.