“Fara”larni yoqib yurish bo‘yicha talab ikki yilga uzaytirildi

© autocentrum.ruFara Audi Q7
Fara Audi Q7 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hukumat qaroriga muvofiq “faralar” bo‘yicha qat’iy talab haydovchilarga emas, ishlab chiqaruvchilarga qo‘yiladi.

TOShKENT, 5-iyun – Sputnik. “Fara”larni yoqib yurish bo‘yicha talab ikki yilga uzaytirildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

Avtomobili v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
IIV kunduzi chiroqlarni yoqib harakatlanish talabi bo‘yicha izoh berdi

Ma’lumki, hukumatning 9-apreldagi qarori bilan barcha transport vositalariga chiroqlarni kunduzi yoqib yurish bo‘yicha talab qo‘yilgan edi.

Tartib joriy etilgandan so‘ng o‘tgan davr davomida Ichki ishlar vazirligi tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda ushbu tartib tahlil qilindi hamda tegishli loyiha may oyining boshida hukumatga kiritilgan.

Qabul qilingan hukumat qaroriga muvofiq “faralar” bo‘yicha qat’iy talab haydovchilarga emas, ishlab chiqaruvchilarga qo‘yiladi.

Ya’ni qarorga ko‘ra 2021-yil 1-yanvarga qadar kunduzi chiroqlarni yoqib harakatlanish shartligi to‘g‘risidagi talab faqatgina avtomatik yonib turuvchi kunduzgi chiroqlari bor mashinalarga nisbatan tatbiq etiladi.

Shuningdek, 2020-yil 1-yanvardan boshlab ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga sutkaning yorug‘ vaqtida avtomatik yonadigan chiroqlar o‘rnatish majburiy etib belgilanadi. Import avtomobillarning ham shunday avtomatik yonadigan chiroqlari bo‘lmasa, mamlakat ichkarisiga olib kirilishiga ruxsat berilmaydi.

Bundan tashqari, hukumat topshirig‘iga asosan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ham tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorini (hozirda 101 ming 365 so‘m) kamaytirishga oid tegishli Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0