Bishkekda noma’lum shaxslar Hayit namoziga to‘pponcha va pichoqlar olib o‘tishga urindi

Obuna bo‘lish
Bir necha kishi o‘tkir-sanchiluvchi predmet va travmatik to‘pponchalarni Bishkekdagi Eski maydonga olib o‘tishga uringan.

TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Bishkekda noma’lum shaxslar Eski maydonda o‘qilgan Hayit namoziga travmatik to‘pponcha olib o‘tishga urindi.

Pistolet marki UZI. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda o‘quvchi maktabga o‘zi bilan birga pnevmatik pistolet olib keldi

Sputnik Qirg‘izistonning xabar qilishicha, bir necha kishi o‘tkir-sanchiluvchi predmet va travmatik to‘pponchalarni olib o‘tishga uringan. Bishkek shahar IIBB xabariga ko‘ra, ikki kishi qo‘lga olingan. Ular surishtiruv ishlarini o‘tkazish uchun Pervomayskiy tuman IIBga olib borilgan.

Qayd etilishicha, Bishkekdagi Hayit namozida 50 mingdan ortiq fuqaro ishtirok etgan. Jamoatchilik tartibini ta’minlash uchun ikki mingdan ziyod huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari jalb qilingan.

Yangiliklar lentasi
0