Medvedev: maqsadimiz - O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini 10 mlrd $ gacha yetkazish

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr RF D. Medvedev
Premyer-ministr RF D. Medvedev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning birinchi majlisida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan bo‘lgan muzokaralar chog‘ida mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga oid rejalarni ma’lum qildi.

Urganch shahrida O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Medvedev o‘z chiqishida, xususan, mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash jadal sur’atda o‘sib borayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Biz savdo-iqtisodiy, sanoat, energetika, madaniy-gumanitar va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni rivojlantirish niyatidamiz. Faqat o‘tgan yili mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 25 foizga o‘sdi — 4,5 milliard dollarga yetdi va o‘sish sur’atlari saqlanib qolmoqda. Biz oldimizga katta rejalarni qo‘ydik – ushbu ko‘rsatgichni yaqin vaqt mobaynida 10 milliard dollargacha yetkazish. Ishonchim komilki, buni uddasidan chiqamiz”, - deya ta’kidladi Dmitriy Medvedev.

Rossiya hukumati raisi Rossiyaning O‘zbekiston bilan bo‘lgan savdo o‘sish ko‘rsatgichlari MDHdagi eng yuqorilaridan biri ekanligini qo‘shimcha qildi.

Shavkat Mirziyoyev va Dmitriy Medvedev nimalarni muhokama qildi

Urganchda bo‘lib o‘tgan hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya o‘tgan yilning oktabr oyida, Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari muzokaralari yakuniga ko‘ra tashkil topgan.

Yangiliklar lentasi
0