O‘zbekiston konsuli Qozog‘istonda gazdan zaharlangan fuqarolar holidan xabar oldi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishMeditsinskaya sestra
Meditsinskaya sestra - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qarag‘anda shahrida 16 nafar O‘zbekiston fuqarosi yoppasiga maishiy gazdan zaharlandi.

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. O‘zbekistonning Qozog‘istondagi konsuli Dilshod Hakimov maishiy gazdan zaharlangan o‘zbekistonliklar ahvolidan xabar oldi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar berdi.

Hozirda tibbiyot muassasida 16 ta jabrlanganlardan 12 tasiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. To‘rt nafar fuqaroga sog‘lig‘ining barqaror holatda ekanligi munosabati bilan ruxsat berilgan.

Avtomobil skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada olti nafar o‘zbekistonlik ayol is gazidan zaharlandi

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston fuqarolari hayotiga hech narsa xavf solmayapti.
Konsul jabrlanganlarning ahvoli barqarorlashganini tasdiqladi. Hozirda ular o‘zlarini ancha yaxshi his qilishmoqda. Ularga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda

Shuningdek, konsul Qarag‘anda shahri huquq-tartibot organlari tomonidan mazkur favqulodda holatning sabab va oqibatlarini aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borilayotganini ta’kidladi.

Avvalroq Qarag‘anda shahrida 16 nafar O‘zbekiston fuqarosi maishiy gazdan zaharlanishi qayd etilgani xabar qilingan edi. Dastlabki taxminlariga ko‘ra, mazkur hodisa O‘zbekiston fuqarolari ta’mirlash ishlarini bajargan yangi qurilayotgan uyda benzin agregatidan is gazi chiqishi oqibatida sodir bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0