Rossiyada olti nafar o‘zbekistonlik ayol is gazidan zaharlandi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvtomobil skoroy meditsinskoy pomoshi
Avtomobil skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Boshqirdiston Respublikasi Nurimonov tumanida oltita ayol is gazidan zaharlangan.

TOShKENT, 5-may  — Sputnik. O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra 2019-yil 4-maydan 5-mayga o‘tar kechasi Boshqirdiston Respublikasi Nurimonov tumanida oltita ayol is gazidan zaharlangan. 

Proisshestvie v Nyu-Yorke - Sputnik O‘zbekiston
Nyu-Yorkdagi YTH oqibatida o‘zbekistonlik uch yashar bola halok bo‘ldi

Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Ularning barchasi – xususiy uyda yashaydigan va mahalliy agrofirmada ishlaydigan O‘zbekiston fuqarolaridir. Buni Bosh konsulxonaga Boshqirdiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqladi va ma’lum qildiki, ularning barchasi Nurimonov tumani markaziy kasalaxonasiga yotqizilgan.

Tashxis: is gazidan zaharlanishning o‘rtacha darajasi.

Sog‘liq uchun hech qanday xavfning yo‘qligi tufayli barcha zaharlangan ayollarga 6-may kuni ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0