Rossiyada “Zenit” nomli yangi fotoapparat sotuvga chiqarildi

© zenit.photoNoviy fotoapparat "Zenit M"
Noviy fotoapparat Zenit M - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada, Leica bilan hamkorlikda, yangilangan “Zenit” fotoapparatlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

TOShKENT, 4-iyun – Sputnik. Innovatsiyalar bilan shug‘ullanuvchi “Rostex” konserni sobiq Ittifoq davrida mashhur bo‘lgan “Zenit” fotoapparatlarining yangilangan modelini ishlab chiqarish boshlanganini xabar qildi.

Fotorabota Sultanbaya Dexkanova - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent Fotosuratlar uyida suratchi Dehqonovning yangi ko‘rgazmasi ochildi

“Zenit M” deb domlangan yangi kamera Germaniyaning “Leica” konserni bilan yaqin hamkorlikda ishlab chiqarilgan. Orqa tomonida “Deigned in Krasnogorsk Russia” degan yozuv bo‘lishiga qaramasdan, ushbu fotoapparat Germaniyadagi Leica zavodida ishlab chiqariladi. Uning tashqi ko‘rinishi, boshqaruv organlari Leica M240 modelining o‘zginasi, faqat qadimgi “Zenit E”ga o‘xshashi uchun old tomonida ikkita qirra paydo bo‘lgan.

Asosiy yangilik - uning obyektivida. Kameraga Rossiyada ishlab chiqarilgan Zenitar 35 mm f/1.0 obyektivi o‘rnatilgan. Ushbu obyektiv avtfokusga ega bo‘lmasa-da, eng zamonaviy obyektivlar qatoridan o‘rin olishi aniq. Axir uning yorug‘lik kuchi - f/1.0. Yangi obyektivni sinab ko‘rgan fotosuratchilar aytishiga qaraganda uning “yumshoq boke” effekti juda chiroyli va takrorlanmas ekan.

© zenit.photoYangi va eski "Zenit" fotoapparatlari
Rossiyada “Zenit” nomli yangi fotoapparat sotuvga chiqarildi - Sputnik O‘zbekiston
Yangi va eski "Zenit" fotoapparatlari

Ichida zamonaviy matritsa va elektron qismlar o‘rnatilgan bo‘lishiga qaramasdan, ushbu fotoapparatning boshqaruv tizimlari aksariyati mexanik uslubda qolgan, hech qanday avtomatika  yo‘q. Ya’ni sur’at olish vaqtingizda siz kadrning fokusini ham, ekspozitsiyasini ham qo‘lda boshqarishingiz kerak bo‘ladi.

Prototip patimestnogo samoleta s batareynim pitaniyem, kotoriy Lilium nadeyetsya vvesti v ekspluatatsiyu k 2025 godu. 16-maya 2019 goda - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoda birinchi: Germaniyada haydovchisiz uchar taksi namoyish qilindi – foto, video

Metall va charmdan yasalgan og‘ir fotoapparat, albatta, hammaga ham manzur kelmaydi. Unda suratga olish uchun har bir kadrni avval hisob-kitob qilish, keyin metall halqalarni aylantirish va og‘ir tugmani og‘ista bosish kerak. Mexanik kamera “lazzati”ni faqat tajribali, yana bir necha kameralarga ega bo‘lgan, balkim yoshi biroz kattaroq kishilar tushunsa, ajab emas.

Fotoapparat narxi ham aynan ana shunday kishilar hamoniga bop - 6000 $. Ishlab chiqaruvchilar ham buni yaxshi bilishadi, shekilli, ular Zenit M apparatlaridan faqat 500 dona ishlab chiqarilishini e’lon qilishgan. 

Yangiliklar lentasi
0