TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekiston mustaqilligining 25-yillik arafasida, Toshkent fotosuratlar uyida suratchi Sultonboy Dehqonovning “Yurt madhi” deb nomlangan shaxsiy fotoko‘rgazmasi ochildi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz nashri.
Sultonboy Dehqonov 2004-yilda Milliy universitetning jurnalistika fakultetini tugatib viloyat va respublika matbuotida o‘z fotosuratlarini chop eta boshlagan. 2008-yilda u Fotosuratlar uyi qoshidagi Maktab-studiyani yakunlagan va Respublika Fotosuratchilari ijodiy uyushmasiga a’zo bo‘lgan.
Respublika miqyosida o‘tkazilgan konkurslarda uning “Vatan mahalladan boshlanadi” nomli fotokonkursi Gran-pri mukofotini olgan. Keyinchalik Dehqonov yana 18 ta shaxsiy foto ko‘rgazmalar o‘tkazib, bir necha yutuqlar sazovori bo‘lgan.
Suratchi mamalkat bo‘ylab sayohat qilib, odamlarni, tabiat manzaralarini, milliy urf-odat va folklor ansambllarini suratga olgan.
Ko‘rgazma ochilishida Sultonboyeyevni tabriklash uchun O‘zbekiston San’at akademiyasi Axborot va marketing bo‘limi rahbari, fotosuratchi G‘ayratulla Shukurov, yozuvchi Nodir Normatov va Toshkent Fotosuratlar uyi rahbari Iskandar Sodiqovlar kelishdi.