Shavkat Mirziyoyev: “Toshkent viloyati nimaga uyg‘onmayapti?”

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie po voprosam uskoreniya realizatsii investitsionnix proyektov
Shavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie po voprosam uskoreniya realizatsii investitsionnix proyektov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nurafshon shahrida Toshkent viloyati faollari, hokimlar va sektorlar rahbarlari, respublika idoralari mutasaddilari ishtirokida yig‘ilishda prezident Toshkent viloyatidagi ahvolni tanqid qildi.

TOShKENT, 3-iyun – Sputnik. Nurafshon shahrida Toshkent viloyati faollari, hokimlar va sektorlar rahbarlari, respublika idoralari mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: “Xatoni kechiraman, xiyonatni kechirmayman”

Xabarda qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev viloyat iqtisodiyoti, tumanlardagi ahvolni tanqid qildi. 

“O‘zim yurib, respublikadan rahbarlar yuborib, eng dolzarb masalarni hal qilyapmiz. Hamma joyda o‘zgarish bo‘lyapti. Toshkent viloyati nimaga uyg‘onmayapti? Vaqt shiddat bilan o‘tapti. Har bir kun, har bir daqiqa g‘animat. Prezident siyosat yuritadi, imkon yaratadi. Mutasaddilar qattiq talab qilib, quyi tizimdagi rahbarlar jon kuydirib ishlab, natijani ta’minlashi kerak. Odamlar quruq gapga chidamaydi. Toshkent viloyatida quruq gap. Qani raqobat, qani ilm, qani natija, qani tashabbus”, - deya savol qo‘ygan Shavkat Mirziyoyev.

Ta’kidlanishicha, katta iqtisodiy salohiyatga ega bo‘la turib, viloyatda mavjud rezerv va imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayotgani, sanoat haligacha bir nechta yirik korxonalarga bog‘liq bo‘lib qolayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. Bo‘ka, Piskent, Parkent, Ohangaron, Bekobod, Quyichirchiq, Oqqo‘rg‘on va Chinoz tumanlarida sanoat rivoji pastligicha qolmoqda. Quyichirchiq, Bekobod, Ohangaron, Piskent va Bo‘ka tumanlarida aholi jon boshiga xizmat ko‘rsatish hajmi respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2-3 barobar kam.

Shuningdek, yig‘ilishda tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligi, ish o‘rinlari, ijtimoiy sharoitlarga doir dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0