TOShKENT, 3-iyun – Sputnik. Toshkent viloyati hokimligida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar qildi.
Toshkent viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, yig‘ilish keskin tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tmoqda. Kadrlar siyosati, viloyatning geografik tuzilishi, qoloqlik keskin tanqid qilinmoqda.
“Xalq deputatlari mahalliy Kengashiga hokim rais bo‘lmaydi. Deputatlarga 2-yilda katta imkoniyatlar berdim. Faqat qo‘l ko‘taradi”, - deya ta’kidlagan prezident.
Prezident ayrim tuman va shahar rahbarlarini iqtisodni umuman tushunmasligini kuyunib ta’kidlagan.
“Xatoni kechiraman, xiyonatni kechirmayman. Pora oldimi, tamom, u qamaladi. Men bugun taklif eshitgani kelganman. Menga maqtov kerakmas”, — degan davlat rahbari.