Tramp har tomonlama London hokimi lavozimida yomon ishlayotgan Sodiq Xon, shubhasiz, Buyuk Britaniyaning eng muhim ittifoqchisi bo‘lgan AQSh prezidenti tashrifiga nisbatan ahmoqona yomon niyatlarini namoyon qilgani iddao qilgan
Bundan tashqari, Tramp London hokimi unga Nyu-York shahrining “yomon ishlaydigan” hokimi Billa de Blazioni eslatishini ta’kidlagan.
Sodiq Xon 2018-yil yanvarida ham Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Trampni mamlakatga taklif qilib, xatoga yo‘l qo‘yganini ma’lum qilgan edi.
AQSh prezidenti Donald Tramp birinchi xonim Melaniya bilan birgalikda dushanba kuni Buyuk Britaniyaga tashrif buyurdi. Davlat tashrifi 3-iyundan 5-iyunga qadar davom etadi.
AQSh prezidentining Buyuk Britaniyaga davlat tashrifi chog‘ida Tramp va Britaniya hukumati a’zolari ishtirokida bir qator qo‘shma tadbirlar, shuningdek, Bukingem saroyida qirolicha Yelizaveta II bilan uchrashuv bo‘lishi kutilmoqda.