“Tramp kerak emas, imperatorlik tizimga muhtoj emasmiz”: Yaponiyada norozilik namoyishi

Obuna bo‘lish
Dushanba kuni, 27-may kuni AQSh prezidenti rafiqasi Melaniya bilan Yaponiya poytaxtiga tashrif buyurdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp va bosh vazir Sindzo Abe uchrashuviga qarshi ekanligini namoyish qilish maqsadida minglab tokioliklar ko‘chalarga chiqishdi.   

27 may kuni AQSh prezidenti rafiqasi Melaniya bilan Yaponiya poytaxtiga tashrif buyurdi. Ular imperator saroyida mamlakat yangi imperatori Naruxito va uning rafiqasi Masako bilan uchrashdi. Shundan so‘ng Tramp bosh vazir Sindzo Abe bilan muzokara o‘tkazdi.

Tokio aholisi mamlakatda Amerika harbiylari bo‘lishi va Sindzo Abening iqtisodiy siyosatiga qarshi miting o‘tkazishdi.  

Aksiyaga chiqqan fuqarolar “Biz yangi imperator va Tramp o‘rtasida miloqotga qarshimiz”, “Tramp kerak emas, imperatorlik tizimiga muhtoj emasmiz”, - degan shiorlarni aytishdi.

Yangiliklar lentasi
0