Mirziyoyev Yevropa kengashi prezidentini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s glavoy Yevropeyskogo Soveta
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s glavoy Yevropeyskogo Soveta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi strategiyasiga muvofiq mintaqada o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi

TOShKENT, 1-iyun - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Yevropa kengashi prezidenti Donald Tuskni qabul qildi.

Aleksandr Gusev - Sputnik O‘zbekiston
Kelgusi yillarda O‘zbekiston uchun kurash boshlanadi - Gusev

Uchrashuvda asosiy e’tibor iqtisodiyot, savdo, innovatsiya va investitsiyalar, transport, fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga qaratildi.

O‘zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar Yevropa biznesining yetakchi vakillari mamlakatda yanada keng faoliyat yuritishlari, eng yangi texnologiyalar, ilg‘or tajriba va yuksak standartlarni faol jalb qilish uchun imkoniyatlar ochayotgani alohida ta’kidlandi.

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi strategiyasiga muvofiq mintaqada o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Yevropa kengashi prezidenti O‘zbekistonning Orol dengizi havzasidagi ekologik halokatning salbiy oqibatlarini bartaraf etish borasidagi amaliy sa’y-harakatlariga yuksak baho berdi, Orolbo‘yi mintaqasi uchun ko‘p sheriklik asosidagi trast fondi doirasida faol hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Tiklanayotgan sahro: Orol dengizi hududi o‘zgarmoqda >>>

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik boshqa dolzarb masalalar, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida butun mintaqa barqarorligi va izchil taraqqiyotini ta’minlash yo‘lida keng ko‘lamli sheriklikni yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasida tomonlarning intilishi qat’iy ekani ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0