Kelgusi yillarda O‘zbekiston uchun kurash boshlanadi - Gusev

© SputnikAleksandr Gusev
Aleksandr Gusev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa ittifoqi va Rossiya o‘rtasida sobiq sovet ittifoq hududida o‘z ta’sirini o‘tkazish borasida kurash boshlanadi. Bu haqda Sputnik agentligiga Strategik rejalashtirish instituti, siyosiy fanlar doktori, professor Aleksandr Gusev o‘z fikrlarini bildirdi.

“Germaniya pozitsiyasining O‘zbekistonda va umuman Markaziy Osiyo davlatlarida mustahkamlanishi - bu jiddiy forpost (harbiy istehkom, tovarlar almashinadigan joy)”, - dedi u Sputnik O‘zbekiston efirida.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Kansler FRG Angela Merkel - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi: milliardlik savdo va Reyxstagdagi yozuvlar

Hozir Yevropa ittifoqi mamlakatlari o‘z diqqat markazini Yaqin Sharqdan sobiq sovet ittifoq hududiga o‘tkazmoqda, deb hisoblamoqda ekspert.

“O‘zbekistonda, umuman Markaziy Osiyoda pozitsiyalarni mustahkamlash uchun jiddiy fikrlar paydo bo‘ldi”, - deydi Gusev.

Professor fikriga ko‘ra, yaqin yillarda Rossiya va Yevropa ittifoqi o‘rtasida sobiq sovet ittifoq hududida jiddiy kurash boshlanadi.

Shu o‘rinda Shavkat Mirziyoyevning qat’iy kursi tufayli O‘zbekiston tashqi siyosatida prinsipial o‘zgarishlar bo‘lmaydi.

Ekspertning to‘liq izohini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Gusev: v blijayshie godi razvernetsya borba za Uzbekistan
Yangiliklar lentasi
0