Saida Mirziyoyeva: “O‘zbekiston maktablarida majburiy forma talab qilinishiga hali erta”

© Facebook / Saida MirziyoyevaZamestitel direktora Agentstva informatsii i massovix kommunikatsiy Saida Mirziyoyeva
Zamestitel direktora Agentstva informatsii i massovix kommunikatsiy Saida Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyeva respublikaning ayrim ta’lim muassasalari og‘ir sharoitlarda ekanini ta’kidladi.

TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekiston maktablarida majburiy forma talab qilishga hali erta, avvaliga ta’lim muassasalaridagi mavjud kamchiliklarni tuzatish lozim, deya ma’lum qildi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva

Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, prezidentning  beshta tashabbusini hayotga samarali tatbiq etish masalasi xorijiy ekspertlar bilan muhokama qilingan. Loyihaning strategik yo‘nalishlari, chet el tajribasi va undan foydalanish bo‘yicha fikr almashilgan.

U beshta tashabbusni, eng avvalo, maktablardan boshlash g‘oyasi ilgari surilganini eslatib o‘tgan.

“O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida, ayrim joylarda sharoit og‘ir ekanligi, ko‘plab maktablar ta’mirtalab, o‘quv darsliklarining yetishmasligi, kitoblar sifati juda past ekanligi, ayrim maktablarda darslar uch smenada o‘tilishini ko‘rdik. Bu yildan boshlab majburiy yagona maktab formasi joriy etilishi rejalashtirilgan. Lekin mavjud kamchiliklarni tuzatmay turib, majburiy forma talab qilinishiga hali erta deb o‘ylaymiz”, - deya yozgan agentlik direktori o‘rinbosari Facebook᾽dagi sahifasida.

Starshaya doch prezidenta Uzbekistana Saida Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Saida Mirziyoyeva: nima uchun matbuot amalda to‘rtinchi hokimiyat darajasiga ko‘tarila olmayapti

Mirziyoyeva ta’kidiga ko‘ra, izdan chiqqan ta’lim tizimini tuzatish juda katta mablag‘, bir necha yil vaqt va ilmiy yondashuvni talab qiladi. Bu yo‘lda xatolar ham bo‘lishi mumkin, chunki bu jarayon. Biroq hozir shu ishlar boshlanmasa, ertaga masala yanada murakkablashadi.⠀

Shuningdek, u mutassadi vazirlik va idoralar mutaxassislari tomonidan yuqoridagi masalalar yuzasidan Hukumatga tegishli takliflar kiritilganini qo‘shimcha qildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan 5ta tashabbus yoshlarni musiqa, rassomlik va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, jismoniy chiniqtirishga, kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Undan tashqari yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashni nazarda tutadi.

Yangiliklar lentasi
0