MIB inspektoriga jarohat yetkazish holati yuzasidan jinoiy ish ochildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya obxodit doljnikov
Sotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya obxodit doljnikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tuman prokuraturasi fuqaroga nisbatan JKning 219-moddasi 1-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

TOShKENT, 30-may – Sputnik. Bosh prokuraturasi Andijon viloyatida MIB xodimiga qarshilik ko‘rsatish holati yuzasidan xabar qildi.

Zdanie tashkentskogo upravleniya Buro prinuditelnogo ispolneniya - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura Caravan Group restoranlarining sotuvga qo‘yilishiga izoh berdi

Xabarda aytilishicha, 10.05.2019 yil soat 18:30 larda Majburiy ijro burosi Shahrixon tuman bo‘limi davlat inspektorlari D.E. va I.U. xizmat vazifalarini bajarib, tumandagi “Saroy” mahallasida yashovchi S.B.ning xonadoni gaz hisoblagichi uskunasi ko‘rsatkichlarini xatlov dalolatnomasiga tushirayotgan vaqtda, S.B. (1975 y.t.) mast holatda, davlat inspektorlarining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatib, ularni chiqib ketishlarini qat’iy talab qilib, davlat inspektori I.U.ni (1988 y.t.) boshiga urib, tan jarohati yetkazgan.

Ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan S.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0