Aholini ro‘yxatdan o‘tkazib, O‘zbekiston tengsizlikka barham beradi - Freyzer

© Mejdunarodniy press-klubXelena Freyzer - Postoyanniy koordinator OON (UN), Postoyanniy predstavitel PROON (UNDP) v Uzbekistane
Xelena Freyzer - Postoyanniy koordinator OON (UN), Postoyanniy predstavitel PROON (UNDP) v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xelena Freyzerga ko‘ra, O‘zbekiston Mustaqillikka erishgandan buyon birinchi marta aholini ro‘yxatdan o‘tkazish tashabbusini amalga oshirmoqchi ekan, Birlashgan millatlar tashkilotining aholishunoslik jamg‘armasi bu borada respublikaga kerakli yordamni ko‘rsatishga tayyor

TOShKENT, 31-may – Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston aholi va uy-joy bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun 2022-yilda aholini ro‘yxatga olish ishlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu hukumatga jamiyat haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradi.

O‘zbekistonda 30-yilda ilk bor aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

Ta’kidlab o‘tish joizki, aholini ro‘yxatga olish O‘zbekistonda so‘nggi marta 1989-yilda, ya’ni 30-yil muqaddam o‘tkazilgan.

BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer Sputnik muxbiri bilan suhbatda O‘zbekiston hukumatining aholini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha tashabbusiga baho berdi.

“Bu juda muhim va jiddiy tadbir – O‘zbekiston jahonda o‘z aholisini ro‘yxatdan o‘tkazgan mamlakatlar oilasiga qo‘shilganini bildiradi va Birlashgan millatlar tashkilotining aholishunoslik jamg‘armasi bu borada O‘zbekistonga o‘z yordamini ko‘rsatishga tayyor”, - dedi Freyzer.

Suhbatdoshning ta’kidiga ko‘ra, O‘zbekistondagi har bir fuqaroning hisobga olinishi aholining ehtiyojlarini tushunishga va anglashga, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga yordam beradi. Xususan, bandlik, ta’lim va boylikdagi tengsizliklarni bartaraf etish, davlat mablag‘larini teng huquqlilik asosida ta’lim dasturlari, sog‘liqni saqlash, huquqni muhofaza qilish va infratuzilmani rivojlantirishga taqsimlashda tengsizliklarni bartaraf etishga imkon beradi.

“Aholini ro‘yxatda olishda to‘plangan ma’lumotlar siyosiy partiyalarga o‘z rejalarini tuzishda va ularni O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasini inobatga olishga yordam beradi. Bu degani O‘zbekiston o‘z oldiga ming yillik uchun belgilangan maqsadlariga erishishda muhim bir qadamni amalga oshirmoqda”, - dedi diplomat.

Eslatib o‘tamiz, aholini ro‘yxatga olish ishlari 2022-yilning kuzida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonun Vazirlar Mahkamasiga 2019-yilning 1-iyulida taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0